Sevimlilar
Savatcha
  • Sotuvlar
  • B2B korporatsiya
  • Qaytarish va bekor qilish
  • Yetkazib berish variantlari
  • Kompaniya haqida
  • Vakansiyalar
  • Biz bilan bog'lanish
  • To'lov usullari
Sitemap

Xabarnomalar

Ko'proq voqealar, aksiyalar va yangiliklarni olish uchun bizning xabarnomamizga obuna bo'ling!

Ijtimoiy tarmoqlar

To'lov tizimlari

UZCARDVISAMastercardHUMO
  1. Bosh sahifa
  2. /Kompaniya haqida

Kompaniya haqida | Learnish

SEO meta description: Learnish — O'zbekistonda bolalar uchun STEM o'yinchoqlar va fanlarga oid experiment to'plamlari. Kompaniya haqida, missiyamiz, qadriyatlarimiz va jamoamiz. Biz bolalar ta'limini o'yin orqali boyitamiz.


Learnish haqida

Learnish — O'zbekistonda bolalar uchun STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) yo'nalishidagi o'yinchoqlar va ta'lim to'plamlarini taqdim etuvchi kompaniya. Biz 5 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarning mantiqiy fikrlash, ijodkorlik va muhandislik ko'nikmalarini rivojlantirish uchun plaftorma ustida ish boladik. Birinchi yo'nalishimiz bu o'yinchoqlar va fanlar bo'yicha experiementlar to'plami. Ularni saytimizdan olib, ota-onalar farzandlari bilan maroqli vaqt o'tkizishlari mumkin, yoki ularni ta'lim muassasalarida tarbiyachi va o'qituvchilar tomonidan birga bolalar bilan o'rganishlari mumkin.

Biz shunchaki do'kon emasmiz — biz bolalarning erta rivojlanishiga hissa qo'shadigan hamkor sifatida ishlaymiz.


Bizning hikoyamiz

Hammasi Learnish asoschisi — Hojiakbarning shaxsiy tajribasidan boshlangan.

Uning texnologiya sohasiga kirib kelishi oson kechmagan. Ta'lim tizimidagi kamchiliklar va o'rganish yo'lining boshida texnika yetishmasligi — bularning barchasi to'sqinlik qildi, ammo kuchli muhandis bo'lish ishtiyoqini so'ndira olmadi. Kompyuter fanlari fakultetiga o'qishga kirganida, u hatto dasturlashni ham bilmas edi. Biroq mehnat va bilimga bo'lgan chanqoqlik hamma narsani o'zgartirdi.

Bugun Hojiakbar — ikki farzandning otasi. O'zi bosib o'tgan qiyinchiliklardan kelib chiqib, u o'z farzandlari va boshqa millionlab bolalar uchun boshqacha ta'lim yo'lini yaratmoqchi bo'ldi. U ishonadi: bilim olish maktabdan emas, balki hayotning ilk yillaridan — to'g'ri o'yinchoqlar va muhit orqali boshlanadi. Va bizning farzandlarimiz kelajakda jahon miqyosida raqobatbardosh mutaxasis bo'lib yetishishlari va o'z yo'llarini topa olishiga ishonad.

Shunday qilib Learnish (inglizcha Learn — o'rganmoq so'zidan) loyihasi tug'ildi. Bu bir muhandisning o'z tajribasini bolalar kelajagiga aylantirish hikoyasi.


Missiyamiz

Insonlarga butun umr davomida bilim olish rejimida qolishga yordam beradigan vositalar yaratish va jamiyatga taqdim etish.

Hojiakbar doimo ustozlik qilish g'oyasi bilan yashaydi — farzandlariga, ukalariga, hamkasblariga. Boshqalarning o'sishiga yordam berish — bu nafaqat ish, balki hayot tarzi. Ushbu ishtiyoq Learnish missiyasining asosiga aylandi.

Biz ishonamizki, bilimli va izlanuvchan insonlar dunyoni yaxshi tomonga o'zgartiradi. Learnish esa — bu katta yo'lning boshlanishi.


Qadriyatlarimiz

Sifat

Biz faqat xavfsiz, sertifikatlangan va uzoq xizmat qiladigan mahsulotlarni tanlaymiz. Har bir mahsulot jamoamiz tomonidan sinab ko'riladi.

Ta'lim birinchi

Har bir mahsulot nafaqat o'yin, balki ta'lim vositasi. Biz bolaning rivojlanishiga haqiqiy hissa qo'shadigan mahsulotlarnigina tanlaymiz.

Ishonch

Shaffof narxlar, halol munosabat va va'dalarga sodiqlik. Biz mijozlarimiz bilan uzoq muddatli ishonch munosabatlarini quramiz.

Innovatsiya

Biz doimo dunyodagi eng yaxshi STEM mahsulotlarni izlaymiz va O'zbekiston bolalariga yetkazishga intilamiz.


Raqamlarda Learnish

| Ko'rsatkich | Raqam | | ----------------------- | --------- | | Tashkil topgan yili | 2025 | | Katalogdagi mahsulotlar | 13+ | | Yosh oralig'i | 5–15 yosh |


Jamoamiz

Learnish jamoasi — ta'lim va texnologiyaga ishtiyoqli mutaxassislardan iborat. Biz har birimiz bolalar rivojlanishi uchun eng yaxshi mahsulotlarni topish va taqdim etish ishiga chin dildan yondoshamiz. Biz ota-onalarga farzandlariga ta'lim berishni, ularni raqamli hayotda sifatli manbalar bilan taminlashni oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz

Jamoadagi har bir a'zo — avvalo ota-ona yoki ustoz sifatida — mahsulotlarimizning ta'sirini shaxsan his qiladi.


Bog'laning

Kompaniyamiz haqida ko'proq bilmoqchimisiz? Biz bilan bog'laning:

  • Telefon: +998 99 865 92 17
  • Email: salom@learnish.uz
  • Telegram: @learnishuz
  • Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Shahriobod ko'chasi, 50-uy

Ish vaqti: Har kuni, soat 10:00 dan 22:00 gacha